26-aprel kuni poytaxt va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmoqda

eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 26-aprel kuni Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 20-25 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi «O‘zgidromet».

Toshkent shahrida ham havo bulutli bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 22-24 daraja isiydi va kechasi 15-17 iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Sel kelishi va suv toshqini bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Kunduzi havo 9-14 darajagacha ko‘tariladi va kechasi 5-10 iliq bo‘ladi.

Shuningdek