27-aprel kuni respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor

eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 27-aprel kuni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 20-25 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi «O‘zgidromet».

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 21-23 daraja isiydi va kechasi 12-14 iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Sel kelishi va suv toshqini bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Kunduzi havo 7-12 darajagacha ko‘tariladi va kechasi 5-10 iliq bo‘ladi. 

Shuningdek