29-fevral kuni O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi

eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Foto: belchonok / depositphotos.com

Bugun, 29-fevral kuni havo bulutli bo‘lishi mumkin, respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Havo harorati 4-9 iliq bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab va kechasi tuman tushishi mumkin. Harorat kunduzi 6-9° iliq, kechasi 1° sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda. Tuman tushadi va qor ko‘chishi xavfi bor. Havo kunduzi 2 sovuq 5 daraja iliqbo‘ladi, kechasi 4-9 sovuq.  

Shuningdek