30-aprel kuni respublikada iliq va quruq ob-havo bo‘ladi

eʼlon qilindi
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi bor
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 30-aprel kuni respublikaning aksariyat hududlarida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kunduzi 20-25 iliq va kechasi 10-15 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi «O‘zgidromet».

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 22-24 daraja va kechasi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Sel kelishi va suv toshqini bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Kunduzi havo 7-12 darajagacha ko‘tariladi va kechasi 5-10 iliq bo‘ladi. 

Shuningdek