9-aprel kuni ko‘plab hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

9-aprel kungi respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari, Toshkent va Namangan viloyatlarining 2 ming metr balandlikdagi hududlarida esa qor ko‘chishi kuzatilishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol asosan sharqdan 5-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-18°, kunduzi 21-32° oralig‘ida bo‘ladi.
Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 21-26°.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° atrofida bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°.