Toshkentga Tayson keladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
WBC konvensiyasi poytaxtda bo'lib o'tadi

Foto: wbcboxing.com

12-17 noyabr kunlari Toshkentda WBC tashkilotining yillik konvensiya tadbiri o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan britaniyalik bokschi, og‘ir vaznda WBC yo‘nalishi chempioni Tayson Fyuri ham Toshkentga keladi, deb xabar berdi tashkilot.

Anjumanga Fyuridan tashqari Mayk Tayson, Evander Xolifild, Vasiliy Lomachenko, Amir Xon, Konstantin Tszyu va boshqa boks olami yulduzlari tashrif buyurishadi.

Shuningdek, 17 noyabr kuni WBC konvensiyasi doirasida poytaxtimizdagi «Humo Arena» majmuasida katta professional boks kechasi tashkil etiladi. Markaziy jangda og‘ir vazndagi Bahodir Jalolov JAR bokschisi Kris Tompsonga qarshi ringga ko‘tariladi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston boks federatsiyasi Osiyoning eng yaxshisi deb topildi, deb yozgan edi.

Shuningdek