Qozog’istonda Jusan Bank aktivlari hibsga olindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Chet elga olib chiqilishini oldini olish uchun

Qozog‘iston sudi Jusan bankining 68 %ga yaqin aksiyalarini hibsga oldi. Aktivlar First Heartland Securities’ga tegishli, xabar berdi Sputnik Qozog’iston.

Bankning 131 291 843 dona oddiy va imtiyozli aksiyalari hibsga olindi. Bu kompaniyaning barcha aktivlari qiymatining 67,58 foizini tashkil qiladi.

Mamlakat Bosh prokuraturasi avvalroq Jusan guruhi aktivlarining mamlakatdan olib chiqilishiga qarshi turishini bildirgan edi. Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi vaziyat mijozlar uchun xavf tug’dirmasligiga aniqlik kiritdi.

Avvalroq Kursiv Qozog’iston temir yo’llari rahbariyatiga qarshi jinoiy ish qo’z’atilganini yozgan edi.

Shuningdek