To’rt kunlik ish haftasi tajribasi kompaniyalarning daromadlarini oshirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Ishchilarning ishdan bo’shash va «kasallik ta’tiliga» chiqish holatlari kamaydi

Buyuk Britaniyada to‘rt kunlik ish haftasini joriy etish bo’yicha eksperiment natijalari sarhisob qilindi: uning ishtirokchilari o’z daromadlarini oshirishga muvaffaq bo’lishdi, deyiladi Kembrij universiteti hisobotida.

Tadqiqotda turli sohadagi 61 kompaniya ishtirok etdi. Ular orasida: kafelar, onlayn-do’konlar, mehmonxonalar, moliya, konsalting va marketing sohasida xizmat ko’rsatuvchi kompaniyalar bor.

Kompaniyalarning har biri ish haftasini qanday va nimaning hisobiga qisqartirishni mustaqil ravishda hal qildi. Shunday qilib, uchrashuvlar vaqtini qisqartirish va ularning kun tartibini yanada aniq belgilash, xodimlar tomonidan kunlik ish rejalarini tuzish, tanaffuslarsiz ishlash muddatlarini joriy etish choralari ko’rildi.

Universitet tajriba muvaffaqiyatli o’tganini e’lon qildi. Natijada, so’ralgan kompaniya xodimlarining 39 foizi kamroq stressni boshdan kechira boshlaganliklarini tan olishdi, 71 foizi ishda charchash darajasining pasayishini qayd etdi. Respondentlarning ruhiy va jismoniy salomatligi yaxshilandi, charchoq, uyqu muammolari va xavotirlik shikoyatlari soni kamaydi.

Tajriba kompaniyalar daromadiga salbiy ta’sir ko’rsatmadi. Aksincha, mehnat unumdorligi oshishi hisobiga tadqiqot ishtirokchilarining o’rtacha daromadi 1,4 foizga oshdi. Xodimlarning kasallik tufayli o’tkazib yuborilgan kunlari soni 65% ga, ishdan bo’sha(ti)shlar esa 57% ga kamaygan.

18 ta kompaniya to’rt kunlik ish haftasini doimiy joriy qilish qarorini berdi, qolgan tadqiqot ishtirokchilarining aksariyati tajribani davom ettirishmoqchi.

Avvalroq «Kursiv» O’zbekiston hukumati kasanachilikni subsidiyalashini yozgan edi.

Shuningdek