Yangiliklar

Xitoy texnologiya gigantlariga ChatGPT joylashtirishni taqiqladi

Qonun buzilish ehtimoli sababli

Xitoy mamlakatning eng yirik texnologiya gigantlariga o’z platformalarida har qanday shakldagi ChatGPT botlarini joylashtirishni taqiqladi, deb yozadi Nikkei.

Rasmiylar o’z qarorlarini botning javoblari senzuradan o’tmagani va Xitoy qonunchiligini buzishi mumkinligi bilan izohlagan.

Kompaniyalar to’g’ridan-to’g’ri yoki uchinchi tomon ilovalari yoki xizmatlari orqali o’z platformalarida bot joylashtira olmaydi.

Nashrning yozishicha, gap Tencent Holdings va Ant Group kabi kompaniyalar va boshqalar haqida ketmoqda.

Eslatib o’tamiz, yanvar oyida mashhur ChatGPT chat-boti foydalanuvchilar sonining o’sishi bo’yicha tarixda rekord o’rnatib, har oy 100 million noyob foydalanuvchi belgisini yangilagan edi.