Yangiliklar

JSST: dunyoda COVID-19 bilan kasallanish 89% ga kamaydi

O’lim holatining kamayishi 60% dan oshdi

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotiga ko’ra, so’nggi 28 kun ichida dunyo bo’ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 89 foizga kamaydi.

«Butun dunyoda so’nggi 28 kun ichida (23-yanvardan 19-fevralgacha) 5,3 millionga yaqin yangi holat va 48 mingdan ortiq o’lim qayd etildi, bu avvalgi 28 kunga nisbatan mos ravishda 89 va 62 foizga kam», — deyiladi hisobotda.

Eslatib o’tamiz, avvalroq JSST dunyoda COVID-19 bilan bog’liq vaziyatni hamon favqulodda va tashvishli holat deb bilishini maʼlum qilgan edi.

Tashkilot fikriga ko’ra, pandemiya «o’tish nuqtasida» bo’lishi mumkin. Vaktsinalar va kasallikni davolash usullarining paydo bo’lishi vaziyatni sezilarli darajada yaxshiladi. Ammo vaziyat hali ham hushyorlikni talab qiladi.