Kanye Uest bilan hamkorlik to’xtatilgandan so’ng
S&P Global Ratings kompaniyasi Kanye Uest bilan hamkorlikni tugatgandan so’ng Adidasning uzoq va qisqa muddatli kredit reytingini A+ dan A- ga tushirdi, yozadi Business Insider.
Bundan tashqari, ekspertlarning fikriga ko’ra, Adidas reytingi tez orada yana tushishi mumkin.
«Adidas turli biznes muammolariga duch kelmoqda, jumladan Yeezy bilan hamkorlikni tugatish, Xitoy bozoridagi raqobat bosimi va G’arb mamlakatlarida iste’mol talabining pasayishi», — deyiladi agentlik bayonotida.
Ishlab chiqaruvchi 2022-yil oktabr oyida Kanyening antisemitistik so’zlaridan keyin reper Ye bilan ishlashni to’xtatdi.
Kredit reytingi global (xalqaro) moliya bozorlari ishtirokchilarining ehtiyojlarini qondirish uchun zarur. Ushbu o’lchov hisob-kitoblar emitentlarning ishonchliligini va mamlakatlarning majburiyatlarini solishtirish imkonini beradi.