Yangiliklar

Toshkentda ilk Subway restorani ochiladi

Yana bir gastronomik brend – Subway Toshkentda

Subway tez ovqatlanish restoranlari tarmog’i O’zbekiston poytaxtida o’zining birinchi restoranini ochadi, u qurilishi davom etayotgan Tashkent City Mall savdo-ko’ngilochar markazida joylashadi.

Savdo markazining Instagramdagi sahifasida xabar qilinganidek, «Alhokair Fashion Retail» kompaniyasi vakillari Tashkent City Mall qurilish maydoniga tashrif buyurib, Subway restorani uchun joy tanlashgan. Cinnabon qahvaxonasi joylashgan joy uchun ham manzil aniqlangan.

Subway – franchayzing asosida ishlaydigan tez ovqatlanish restoranlari tarmog’i. 2017 yil holatiga ko’ra, u 110 mamlakatda 44 mingdan ortiq restoranni o’z ichiga olgan.

Tashkent City Mall loyihasi 245 ming kvadrat metr maydonni qurishni nazarda tutadi. Unda 300 ta do’kon joylashadi. Savdo markazining Instagram’dagi xabariga ko’ra, qurilish ishlari yakunlanish arafasida.

Avvalroq Kursiv Focus Brands O’zbekiston bozoriga Cinnabon kafelar tarmog’i bilan kirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.