Qozog’istondan keyin
AQSh Davlat kotibi (AQSh) Entoni Blinken keying hafta Toshkentga tashrif buyuradi, deb xabar qildi AQSh Davlat departamenti.
«U (Blinken. – Tahr.) Toshkentga, O’zbekistonga tashrif buyuradi va mahalliy hokimiyat vakillari bilan uchrashadi», — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi.
Avvalroq Kursiv Blinken Qozog‘istonga 28 fevral kuni tashrif buyurishini yozgan edi. U yerda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari bilan C5+1 formatida uchrashuv o‘tkazadi. Tomonlar AQSh bilan mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
C5+1 formati AQShning Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston bilan aloqalarini belgilaydi.