Mastercard sobiq bosh direktori Jahon bankini boshqarishi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Jo Bayden taklifiga ko’ra

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) prezidenti Jo Bayden Mastercardning sobiq bosh direktori Ajay Bangani Jahon bankining yangi rahbari lavozimiga taklif qildi, deb xabar beradi «Interfaks».

Baydenning bayonotida ta’kidlanishicha, Banga «zamonamizning eng dolzarb muammolarini» hal qilish tajribasiga ega. Ular orasida Oq uy rahbari iqlim o’zgarishini nomladi.

Jahon bankini an’anaviy tarzda AQSh fuqarosi boshqaradi, chunki mamlakat tashkilotning eng yirik aksiyadori hisoblanadi.

Ajay Banga hindistonlik amerikalik. U Mastercardda o‘n yil ishlab, bosh direktor lvozimini egallagan. Banga hozirda General Atlantic investitsiya kompaniyasining vitse-prezidenti.

Avvalroq Kursiv Jahon bankining amaldagi rahbari Devid Malpass o‘z lavozimini moliyaviy yil oxirigacha, ya’ni 30 iyungacha tark etishga qaror qilganini yozgan edi.

Shuningdek