Ish haqlarining vaqtida to’lanmagni uchun
Moskva viloyatining Krasnogorsk shahrida Tojikiston va O‘zbekistondan mingdan ortiq muhojir Crocus Group qurilish kompaniyasi ofisi yonidagi mitingga keldi.
Namoyishchilar ish haqini to‘lashni talab qilishdi, ularning so’zlariga ko‘ra, kompaniya to‘rt oydan beri bu pulni ushlab qolmoqda.
Olomonni tarqatish uchun xavfsizlik xodimlari travmatik qurollardan havoga o’q uzdi.
Ishchilar Levoberejniy turar-joy majmuasini qurish bilan shug’ullanadilar. Crocus Group xoldingi ozarbayjonlik tadbirkor Oraz Agalarovga tegishli.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Rossiya hukumati O’zbekistondan quruvchilarni jalb qilish loyihasini to’xtatgan edi.