O’zbekistonda uch yil ichida birinchi IPO qanday o’tkazildi
UzAuto Motors avtokonsernining IPOsida kompaniya aksiyalarining roudshouda e’lon qilingan 5 foiz o’rniga atigi 0,29 foizi sotilgan. Kompaniya kutilgan 90 million dollar o‘rniga 5 million dollar jalb qila olgan bo‘lsada, bu joylashtirish mamlakat tarixidagi eng yirik ko‘rsatkichga aylandi.
20-fevral, dushanba kuni «Toshkent» Respublika fond birjasi ikkilamchi bozorida (RFB) UzAuto Motors aksiyalarining savdosi boshlandi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi o’tgan yili birjaga chiqishi kerak edi, ammo yopilish sanasi talab pastligi sababli ikki marta ortga surildi. Birinchi marta, 2022 yil 22 dekabrdan 28 dekabrgacha, keyin esa birdaniga 2023 yil 15 fevralgacha. Natijada, IPO obuna kampaniyasi ikki oydan ortiq davom etdi va aksiyalarni sotib olish uchun ariza hatto Telegram boti orqali ham amalga oshirish imkoniyati paydo bo’ldi.
Kuchni birjaga beramiz
UzAuto Motors o’z aksiyalarining 5% gacha bo’lgan qismini IPO orqali sotishni mo’ljallayotgandi, natijada 90 million dollarga yaqin mablag’ jalb qilinishi mumkin edi. Freedom Broker anderrayter talabini baholagandan so’ng, respublika bozori bunday hajmlarga tayyor emasligi ma’lum bo’ldi. Eng yaxshi holatda ham 1% gacha sotish mumkin ekanligi ayon bo’ldi.
Avtokonserning aksiyasi narxi 72 500–81 500 so’m bo’lgan yangi IPO yo’lagi 196–220 milliard so’m (17,3–19,5 million dollar) bo’lishi kerak edi.
28 dekabrga qadar takliflar kitobining atigi 8,65 foizini imzolashga erishildi. Bir yarim oy ichida UzAuto Motors aksiyalarini sotib olmoqchi bo’lgan investorlar ko’paydi – natijada qimmatli qog’ozlarning 1 foizdan uchdan bir qismi (29,1%) sotildi va jalb qilingan mablag’lar miqdori kutilganidan uch barobar kam – 56,9 milliard so’mni tashkil etdi.
«UzAuto Motors AJ aksiyalarining ilk ommaviy joylashtirilishi respublikamizda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish va kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha yirik davlat korxonalari o’rtasidagi dastlabki qadam hisoblanadi. Shubhasiz, mazkur voqelik mahalliy investorlarning faollashuvi hamda kompaniyaning jahon hamjamiyatiga iqtisodiy tomonlama integratsiyalashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi», — deya bayonot berdi UzAuto Motors IPOdan so’ng.
Avtokonsernning birjaga chiqishi bilan O’zbekistonda ommaviy takliflar orqali yirik xususiylashtirish dasturi boshlandi. O’tgan yili hukumat qarori bilan investor topmoqchi bo’lgan yigirmadan ortiq emitentlar ro’yxati tasdiqlangan edi. UzAuto Motorsdan keyin birjaga qo’shimcha qimmatli qog’ozlar emissiyasi (FPO) bilan «O’zmetkombinat» chiqmoqchi, «O’zbektelekom» ham o’z IPO si uchun allaqachon anderrayterini tanladi.
Xalqning xabari yo‘q
Avtomobil ishlab chiqaruvchi qimmatli qog’ozlarini sotib olish uchun jami 1383 ta ariza kelib tushgan bo’lib, shundan 1 mingdan ortig‘i rezident jismoniy shaxs bo‘lib, norezident va yuridik shaxslar esa yuztadan kamni tashkil etdi. Institutsional investorlar sotilgan aksiyalar umumiy hajmining 80 foizini, jismoniy shaxslar – 20 foizini (taxminan 1 million dollar) sotib oldilar. Demak, chakana investorlar orasida o’rtacha chek 1000 dollarni tashkil etgan.
«Joylashtirilishdan kutilgan natijalar boshqacha edi. Talab taklifdan oshib ketishi bashorat qilingan edi, chunki O’zbekistonda uch milliondan ortiq kishi kompaniya mahsulotlaridan foydalanadi. Biz rezidentlar uning katta qismini sotib olishadi, o’rtacha hisob 200-500 dollarni tashkil qiladi va joylashtirishda kamida 15-20 ming jismoniy shaxslar ishtirok etadi deb o’ylagan edik, — deydi Yevgeniy Mojeyko, Freedom Broker ijrochi direktori.
Mojeykoning so’zlariga ko’ra, bozor yaxshi saboq oldi: taniqli brend emitentga IPO da yordam bermadi, chunki past investitsiya madaniyati va moliyaviy xizmatlarning aholi o’rtasida yaxshi ommalashmagani bois odamlar UzAuto Motors aksiyalariga nima uchun sarmoya kiritish kerakligini va bunda qanday foyda ko’rish mumkinligini tushunmay qolishdi.
“Agar biz kuzda navbatdagi IPOlar bo’ladi desak, davlat ommaviy axborot vositalari darajasida bo’lajak joylashtirishlar bo’yicha PR kampaniyasini bugundan oʻtkazishimiz va xalqqa IPO nima ekanligini, u nima uchun amalga oshirilayotganini, eng yirik milliy kompaniyalarning aksiyadori bo’lishsa, qanday afzalliklarga ega bo’lishlarini tushuntirishimiz kerak», – dedi Mojeyko.
Chegirma ko’p bo’lsa, bozor kengroq bo’ladi
UzAuto Motors joylashtiruvi “xalq IPOsi» deb e’lon qilindi, shuning uchun aksiya narxiga chegirma kiritildi. Joylashtirish shartlarini muhokama qilishda Freedom Broker mintaqada 30% li chegirma taklif qildi va emitent esa 15% dan ko’p bo’lmagan chegarani belgilashni so’radi, yakunida esa tomonlar 20% ga kelishdilar. Yevgeniy Mojeykoning so’zlariga ko’ra, mahalliy bozor uchun bu diskont hajmi yomon emas, ayniqsa emitent sof foydaning kamida 30% ni dividendlar to’lash uchun yuborish majburiyatini hisobga olsak.
«Kapital-Depozit» investitsiya kompaniyasi direktori Farrux Xodjaev esa boshqacha fikrda. Uning fikricha, joylashtirish narxini belgilashda tashkilotchilar xalq manfaatlaridan kelib chiqilmagan. «Aybning katta qismi emitentda. Kompaniya ortiqcha baholangan va anderrayterning kompaniyani baholash bo’yicha tavsiyalari qabul qilmagan. Qolaversa, kompaniyaning odamlar orasidagi salbiy imidji va obro’si anderrayter ishini murakkablashtirdi», — deya ta’kidlaydi Xodjaev.
Alkes Research investitsiya banki va tadqiqotlari direktori Behruzbek Ochilov ham o’xshash fikr bildirdi. «Rivojlanayotgan bozorlarda qimmatli qog’ozlarga chegirmalar taklif qilinganidan ko’ra kattaroq bo’lishi kerak, ayniqsa, O’zbekiston banklardagi depozitlar bo’yicha yuqori stavkalar (20% dan yuqori – “Kursiv») ekanligi hisobga olinsa”, deb hisoblaydi u. Ochilov Qozog’istonning «KazMunayGaz» joylashtiruvi ham to’liq obuna bo‘lmagan holda o’tganini eslaydi. Kursiv suhbatdoshining e’tiborini tortgan yana bir jihat – tashkiliy masala: «Xalqaro depozitariylar bilan korrespondentlik aloqalarisiz joylashtirishni amalga oshirish juda qiyin. Bunday vositasiz xorijlik investorlar bozorga ehtiyotkorlik bilan kirib boradilar».
Ikkinchi tezlik
IPOda UzAuto Motorsning qimmatli qog’ozlari joylashtirilish diapazonining quyi chegarasi – har bir aksiya uchun 72 500 so’mdan sotildi. 20-fevral, ikkilamchi bozor savdolarining birinchi kunida aksiyalar qiymati yopilish bahosi bo’yicha hisoblanganda, joylashtirilish narxiga nisbatan 8,5 foizga (78 698 so’m) oshgan. Kun davomida maksimal o’sish 85 000 so’mgacha ko’tarildi, minimal ko‘rsatkich esa 72 500 so’mgacha tushdi so‘mni tashkil etdi. Savdo hajmi unchalik katta bo’lmagan, 9 million so’m atrofida, ya’ni 1000 dollardan kam bo’lsa, ikkinchi kuni natijalar yanada soddaroq bo’ldi – yopilish narxi 72 500 so’m va savdo hajmi 7,3 million so’mni (700 dollarga yaqin) tashkil etdi.
«Afsuski, UzAuto Motors aksiyalari savdoning dastlabki ikki kunida biz xohlagandek faol sotilmadi. Ular likvidlik bo’yicha 3 ta eng yaxshi birjalar qatoriga kirishlari kutilgan edi. Ammo hozircha bu sodir bo’lmadi. O’ylaymanki, yangi choraklik hisobot yoki qandaydir muhim yangiliklarni kutishimiz kerak, shundan so’ng bozordagi qiziqarli faollik va kotirovkalar o’sishini ko’rishimiz mumkin bo’ladi», — deya sharhlaydi Behruzbek Ochilov.
Zavod aksiyalari allaqachon EqRe Blue likvid fond indeksiga kiritilgan – endilikda uning savatiga O’zbekiston Respublikasining o’nta emitenti kiradi. RFB shuningdek, o’z – UCI indeksiga ega, uning qiymati birjada ro’yxatga olingan barcha kompaniyalarning umumiy kapitallashuviga bog’liq. Saytda savdolar boshlanishidan avval UzAuto Motorsning bozor qiymati qimmatli qog’ozlarning nominal narxiga bog’langan, ya’ni 5 000 so’m. IPO narxida savdoning boshlanishi va zavod kotirovkalarining yanada ko’tarilishi kompaniyaning bozor kapitallashuviga ta’sir qildi va savdoning birinchi kunida indeksning deyarli 25 foizga, 393,36 dan 490,48 punktgacha o’sishiga yordam berdi, deb RFB biznesni rivojlantirish bo’limi rahbari Indira Xabibulina «Kursiv»ga tasdiqladi
Alkes Research, agar emitentning investitsiya dasturlarini hisobga oladigan bo’lsak, avtomobil ishlab chiqaruvchining qimmatli qog’ozlari yaxshi salohiyatga ega, deb hisoblaydi. Shuning uchun UzAuto Motors aksiyalari uzoq muddatli investorlar uchun qiziqish uyg’otishi mumkin. Eslatib o’tamiz, O’zbekiston avtomobilsozlik kompaniyasi ishlab chiqarishni yiliga 500 mingtaga yetkazishni rejalashtirgan bo‘lib, 2022 yilda zavod 307 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqargan.
UzAuto Motors xorij platformalarida listing qilish rejalarini davom ettirmoqda, biroq hozircha aniq sanalar ma’lum qilingani yo’q. Yevgeniy Mojeykoning fikricha hammasi xalqaro moliya bozorlaridagi vaziyatga bog‘liq bo‘ladi Hammasi xalqaro moliya bozorlaridagi vaziyatga bog’liq bo’ladi, deb hisoblaydi Yevgeniy Mojeyko. Hozirda esa buni amalga oshirish maqsadga muvofiq ema