Qirg‘izistonda ikki marta zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Zilzila episentlarining Toshkentdan yiroqlik masofalari aytib o’tildi.

Dushanbaga o‘tar kechasi Qirg‘iziston hududida 4,3 va 4,4 magnitudali zilzilalar sodir bo‘ldi, xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi.

4,4 magnitudali birinchi zilzila 02:42 da qayd etilgan. Ikkinchisi – 4,3 magnitudali – 04:58 da. Zilzila epitsentrlari Toshkentdan turli masofalarda joylashgan: birinchisi 875 km, ikkinchisi 454 km.

Fevral oyida Qirg‘iziston hududida turli magnitudali oltita yer silkinishi qayd etilgan.

Kursiv avvalroq xabar berganidek, 24-fevral kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 3,9 magnitudali va 2-3 balli zilzila sodir bo‘ldi.

Shuningdek