Garchi ilgari Rossiya Federatsiyasi Qurilish vazirligi buning aksini ta’kidlagan bo’lsa ham
Rossiya qurilish sanoatida ishchilar tanqisligi kuzatilmoqda, bu taxminan 200 ming kishiga baholanmoqda, xabar berdi RBKga Qurilish vazirligining kadrlar markazi rahbari Yelena Senkevich.
Nashrning yozishicha, 2022 yil oktabr oyida quruvchilar yetishmasligi fonida Qurilish vazirligi ishsizlarni jalb qilishni taklif qilgan.
Shu bilan birga, 2022 yil iyun oyida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Nikita Stasishin qurilish kompaniyalarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilmayotganini aytdi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Rossiya hukumati O’zbekistondan quruvchilarni jalb qilish loyihasini to’xtatgan edi.