Mobil Jahon Kongressi: 6G 2030 yilda keladi
Smartfonlar olti avlod almashdi
Oltinchi avlod mobil aloqasi (6G) 2030-yilda joriy etiladi, xabar bermoqda Euronews Barselonadagi Butunjahon kongressi maʼlumotlariga tayanib.
«Huawei 6Gga sarmoya kiritishni 2017-yilda, 5Gni tijoratini yo‘lga qo‘yish endigina boshlangan paytda boshlagan. Biz hali ham arxitekturaning o’ziga xos xususiyatlarini muhokama qilamiz. Ammo bir narsa aniq: 6G bu shunchaki aloqadan ko‘ra ko‘proq», — Huawei vitse-prezidenti Toni Yon Chinning so‘zlari keltirilgan materialda.
6G sekundiga bir terabitgacha bo’lgan eng yuqori tezlikda va bir mikrosekunddan ko’p bo’lmagan kechikishda ma’lumotlarni almashish imkonini berishi kutilmoqda. 5G bilan solishtirganda, tezlik 50 barobar oshadi, kechikishlar ming marta kamayadi.
Yangi avlod mobil aloqasi energiya sarfini kamaytirishi va atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko’rsatishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Janubiy Koreya 6G ni muddatidan oldin — 2028 yilda ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.