Statista Digital Market Insights ma’lumotlariga ko’ra
Statista Digital Market Insights tahliliga ko’ra, 2022 yilda o’yinlar mobil ilovalar bozoridagi global daromadning eng katta ulushini – 62% tashkil etdi.
Smartfon ilovalari daromadi 431 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, mobil o‘yin sanoati 267 milliard dollar daromad olgan.
Data.ai (sobiq App Annie) tadqiqot firmasiga ko’ra, o’tgan yili mobil o’yinchilar yuqori inflyatsiya tufayli xarajatlarni 5% qisqartirgan.
2022-yilda o‘yin ilovalarini xarid qilishning umumiy hajmi 110 milliard dollarga yetdi. Data.ai prognozlariga ko‘ra, 2023-yilda bu ko‘rsatkich yana 3 % kamayib, 107 milliard dollarni tashkil etadi.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yilga borib jahon o‘yin bozori 218 milliard dollardan oshib ketishini yozgan edi.