Rossiya migrantlarning qisqa muddat ishlash shartlarini qiyinlashtirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Bu haqda TASS xabar bermoqda

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorijliklarning Rossiya Federatsiyasi hududida qisqa muddatlarda bo‘lishini kalendar yil davomida 90 kungacha cheklashi mumkin, xabar beradi «TASS».

«Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasiga kirish (chiqish) va bo’lish (yashash) shartlari to’g’risida»gi federal qonun loyihasida chet el fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida qisqa muddatli bo’lishlari uchun yagona muddat belgilanishi ko’zda tutilgan – bir kalendar yilida 90 kun «, – dedi TASS agentligi.

Ushbu qonun loyihasi o’tgan yilning sentabr oyida Rossiya hukumatiga ko’rib chiqish uchun taqdim etilgan edi. Hozirda hujjat qayta ko’rib chiqilmoqda.

Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligiga ko’ra, chet el fuqarolarining vizani talab qilmaydigan Rossiya Federatsiyasida bo’lish muddati olti oy ichida jami 90 kundan oshmasligi kerak.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Rossiya Federatsiyasida Oʻzbekiston Respublikasining 6,3 million fuqarosi roʻyxatga olingan boʻlib, ulardan 5,8 millioni ishlash, 12,2 ming nafari sayyohlik, 76,1 ming nafari oʻqish, 9,2 ming nafari tadbirkorlik maqsadida kelgan.

Avvalroq «Kursiv» Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi o‘zbekistonliklarni qurilish ob’yektlarida ishlashga jalb qilishni to‘xtatib turish bo‘yicha hujjat loyihasini tayyorlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek