Turkiyada yana zilzila qayd etildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Magnitudasi 4,0 ni tashkil etdi

28-fevral kuni Turkiyaning markaziy qismida yana 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, xabar berdi Yevropa seysmologiya markazi.

Epitsentri Kayseri shahridan 16 kilometr g‘arbda bo‘lgan yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan 16:59 da sodir bo‘lgan.

Dastlab zilzila magnitudasi 5,6 ni tashkil etgani xabar qilingan edi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o’tamiz, Turkiyada oxirgi yerosti silkinishlar 27 fevral kuni qayd etilgan edi. Zilzila natijasida bir kishi vafot etdi, yana 69 kishi kasalxonaga yotqizildi.

6-fevral kuni mamlakatda o‘n minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan qator zilzilalar yuz berdi. Tabiiy ofat, Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat tarixidagi eng katta zilzila bo‘ldi va ulkan halokatga olib keldi.

Shuningdek