Yangiliklar

Vyetnamda yangi prezident saylandi

Janjal tufayli Nguyen Suan Fuak iste’foga chiqdi

Vyetnam parlamenti hukmron Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi (MQ) Siyosiy byurosi a’zosi Vo Van Txiongni mamlakat prezidenti lavozimiga tasdiqladi, xabar berdi davlat hukumati rasmiy portali.

Vyetnam parlamenti – Milliy assambleya a’zolarining 98 foizdan ortig‘i Txiongni saylash uchun ovoz berdi. Organning prezident saylovi haqidagi qarori darhol kuchga kirdi, yangi davlat rahbari mamlakatga sodiqlik qasamyodini qabul qildi.

Yangi prezidentning vakolat muddati 2026 yil bilan cheklangan.

52 yoshli Txiong partiya xodimi bo‘lib, Vetnam Milliy universitetida falsafa bo‘yicha diplom olgan. Mehnat faoliyatini mamlakat Kommunistik yoshlar ittifoqida boshlagan. 2011 yilda Markaziy Qo’mita a’zoligiga qabul qilindi.

Txionggacha prezidentlik lavozimida 17 yanvar kuni korruptsiya mojarosi tufayli iste’foga chiqqan Nguyen Suan Fuak edi.

«Kursiv» yozganidek, Fuak ham Siyosiy byuro va partiya Markaziy qo’mitasi a’zoligidan chiqdi.