TikTok AQShda taqiqlanish arafasida

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Senatorlar bu haqdagi qonun loyihasini tayyorlamoqda

AQSh senatorlari hukumatga xorijiy texnologiya mahsulotlari, xususan, Xitoyning TikTok xizmatidan foydalanishni taqiqlash imkonini beruvchi qonun loyihasini tayyorlamoqda, yozadi Reuters.

Hujjat mualliflaridan biri — senator Mark Uorner TikTokni qonun loyihasiga ko‘ra taqiqlanishi bilan tahdid qilinayotgan «potentsial xizmatlardan biri» deb atadi. Ilova Xitoy tashviqot vositasiga aylanishi mumkin, deydi senatorlar.Avvalroq Oq uy TikTok’ni davlat muassasalarida ishlaydigan qurilmalar va tizimlarga o‘rnatishni taqiqlagan edi.

Rasmiylar AQSH foydalanuvchilari haqidagi maʼlumotlar Xitoy hukumati qoʻliga tushishidan xavotir bildirdi.Nashrning qayd etishicha, agar qonun qabul qilinsa, AQShda xorijiy texnologiyalarning muomalasi erkinligiga nisbatan eng katta cheklov kuchga kiradi.TikTok – bu Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli bo’lgan qisqa video yaratish va ko’rish xizmati.

Ilovadan 150 ta davlatdan 1 milliarddan ortiq kishi foydalanadi.»Kursiv» yozganidek, TikTok O‘zbekistonda 2023-yil yanvarida blokdan chiqarilgan.

Shuningdek