Belgorodning sobiq meri O‘zbekistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

U yirik miqdorda pora olganlikda gumon qilinmoqda

Belgorodning sobiq meri Anton Ivanov O‘zbekistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi, yozadi «RIA Novosti». U yirik miqdorda pora olganlikda gumon qilinmoqda.

Ivanovning o’zi ketishini chet elda ish topishga urinish bilan izohladi.

«Vaqtincha ish yoʻqligini koʻrib va yasahashda davom etishim kerakligi bois, koʻp uchrashuvlar va suhbatlar oʻtkazdim… Oʻtgan haftadn oldin sinfdoshlarim bilan uchrashdim, uchrashuv Toshkent shahri bo’ldi… Menga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani haqida hatto gumon ham qilmaganim sabab mamlakat boʻylab va MDH davlatlarida bemalol aylanib yurgandim, », dedi Ivanov sud jarayonida.

Uning advokati Yelena Palimovaning so‘zlariga ko‘ra, aeroportda qo‘lga olish chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan paytda sodir bo‘lgan.

«Bundan tashqari, chegarani (Ivanov. – Tahrir) mening roziligim bilan kesib o’tdi, keyingi hafta biz Belgorodda bo’lmoqchi edik», dedi advokat.

Ivanov 2021-yil dekabrida Belgorod maʼmuriyati rahbari etib saylangan. O‘tgan yilning oktabr oyida shahar meri iste’foga chiqishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek