Qo’shma Shtatlar tarixdagi ikkinchi yirik bank inqirozi yuz berdi
Silicon Valley Bank yopildi, Amerika startaplari vahima ichida
AQShning yirik Silikon Valley Bank (SVB) rekord darajadagi qisqa muddat – 48 soat ichida bankrot bo’ldi, xabar berdi CNN.
Kaliforniya bank regulyatorlari SVB moliyaviy guruhini investitsiya aktivlari qimmatlashganidan keyin omonatchilarni himoya qilish maqsadida yopishga majbur bo’ldi.
9 mart kuni bank qimmatli qog‘ozlar bilan muvaffaqiyatsiz bitim amalga oshirgani va yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash uchun qo‘shimcha aksiyalar chiqarish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Omonatchilarning o‘z hisobvaraqlaridan mablag‘larini yechib olmoqchi bo‘lganlar oqimi kuzatildi. Bu, natijada, SVB likvidligining keskin pasayishiga olib keldi.
AQSh Federal Depozitlarni Sug’urtalash Korporatsiyasi (FDIC), SVB bankrotligi haqidagi ma’lumotdan so’ng, sug’urtalangan omonatchilar dushanba kuni ertalabdan kechiktirmay o’z omonatlariga kirish huquqiga ega bo’lishlarini aytdi. Sug‘urtalanmagan omonatchilarga keyingi haftada avans dividendlari to‘lanadi.
CNN ma’lumotlariga ko’ra, SVB bankrotligi AQSh tarixidagi ikkinchi yirik bankrot bo’ldi. Birinchi o’rinni 2008 yilda bank xoldingi Vashington Mutualning qulashi egallab turibdi, u omonatlarni olib qo’yish to’lqini tufayli tezda o’z qiymatining 95 foizini yo’qotdi.
Reuters ma’lumotlariga ko’ra, SVBning to’satdan bankrot bo’lishi texnologiya startaplari hamjamiyatida shokni keltirib chiqardi: Silikon Valleyga tashkilot ishonchli kapital manbai sifatida qaraldi.
SVB bosh direktori Greg Bekker bank xodimlariga videomurojaat yozib, ularni «bir-biriga yaqin bo‘lishga, hamkasblar va mijozlarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishga» chaqirdi.
SVB moliyaviy guruhi AQShdan tashqari Buyuk Britaniya, Irlandiya, Germaniya, Isroil, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Daniya va Kayman orollarida ishlagan. 2020 yil oxirida uning 116 milliard dollar aktivlari va 102 milliard dollar qabul qilingan depozitlari bor edi.