Butunxitoy xalq vakillari kengashi Li Tsyanni mamlakat Davlat kengashi bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi, yozadi «Kommersant».
Bosh vazir nomzodi bir kun avval Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) raisligiga qayta saylangan Si Tszinpin tomonidan taklif qilingan edi.
Li Tsyan avval Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan. U qariyb o‘ttiz yil davomida Oliy xalq sudida turli lavozimlarda ishladi.
Unga qadar Li Ketsyan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri lavozimini egallab kelgan. U bu lavozimda maksimal ikki muddat xizmat qilgan.