JSST: COVID-19 pandemiyasi 2023 yilda tugaydi

eʼlon qilindi

Pandemiya yakunini JSST direktori bashorat qilmoqda

2023-yil oxirigacha dunyoda yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) pandemiyasi tugaydi, cheklovlar bekor qilinadi, dedi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreisus.

TASS xabariga ko‘ra, Gebreisus unga sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun kichik Tomas Frensis medalini topshirish marosimida shunday bayonot berdi.

JSST rahbari bu yil ham COVID-19 munosabati bilan eʼlon qilingan xalqaro favqulodda holat bekor qilinishini kutayotganini qoʻshimcha qildi.

Hozirgi pandemiya SARS-CoV-2 koronavirusining tarqalishi bilan bog’liq. Virus birinchi marta 2019-yil dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan. 2020-yil 30-yanvarda JSST epidemiyani xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat, 11-martda esa pandemiya deb eʼlon qildi.

2023-yil yanvar oyi oxiriga kelib, dunyoda 670 milliondan ortiq kasallik holati qayd etilgan. 6,8 milliondan ortiq o’lim tasdiqlangan.

Avvalroq «Kursiv» dunyoda COVID-19 bilan kasallanish 89 foizga kamayganini yozgan edi.

Shuningdek