O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra, 1 apreldan pensionerlar metroda vaqt cheklovisiz bepul yurishlari mumkin.
Yo‘qotilgan foydadan farq davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hozirda pensionerlar soat 10:00 dan 16:00 gacha metrodan bepul foydalanishlari mumkin.
Avvalroq 11 martdan 18 martgacha yettinchi metro bekati («Qo‘yluq») vaqtinchalik yopilishi haqida xabar berilgandi.