Ramazon oyi qachon boshlanadi?
eʼlon qilindi
Bu haqda Qozog‘iston MDB xabar berdi
Ramazon oyi 23 martda boshlanib, 20 aprelda tugaydi. Bu haqda 14 mart kuni Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, Oliy muftiy Naurizbay qoji Taganuli ma’lum qildi.
«Markaziy Osiyo mamlakatlari muftiylari, fatvo sohasiga mas’ul olimlar bilan maslahatlashib, ilmiy izlanishlar natijalarini inobatga olib, qo‘shma qarorga keldik. Ramazon oyi joriy yilning 23 martidan boshlanadi. 17 apreldan 18 aprelga o’tar kechasi esa muqaddas Qadr kechasi. 21 -aprel Ramazon hayit bayramidir», – dedi u.