Yana to’rt yilga
FIFA prezidenti Janni Infantino yangi to’rt yillik muddatga qayta saylandi. U bu lavozimga yagona nomzod edi. FIFAning 73-kongressida saylovlar bo’lib o’tdi.
Infantino FIFA boshqaruvini ilk bor 2016 yilda qabul qilgandi. Keyin u korruptsiya mojarosi tufayli iste’foga chiqqan Yozef Blatterning o’rnini egalladi.
Avvalroq FIFA kengashi 2026 yilgi jahon chempionatining yangi formatini tasdiqlagani xabar qilingandi. Bo’lajak turnirda 32 ta o’rniga 48 ta jamoa ishtirok etadi. Ishtirokchilar soni 1998 yildan beri birinchi marta o’zgaradi.