WSJ: G7 mamlakatlari Rossiyadan neft narxining eng yuqori ko’rsatkichini qayta ko’rib chiqmaydi
G7 roziligisiz Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni kuchaytira olmaydi
«Katta yettilik» (G7) mamlakatlari Rossiya neftining maksimal narxini bir barrel uchun 60 dollar darajasida ushlab turishni rejalashtirmoqda, xabar beradi The Wall Street Journal (WSJ).
Nashr maʼlumotlariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) prezidenti Jo Bayden Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenni bu qarori haqida maʼlum qilgan.
Bir muddat avval Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini qayta ko‘rib chiqish istiqbollarini muhokama qila boshladi. Ayrim davlatlar taklif qilayotgandek, uni pasaytirish uchun G7 roziligi talab qilinadi.
WSJ ma’lumotlariga ko’ra, G7 davlatlarining pozitsiyasi Yevropada keskinlikni keltirib chiqarishi mumkin. G‘arb davlatlari 5 dekabrda Rossiya neftiga narxlarning yuqori chegarasini joriy qildi, 5 fevraldan esa Rossiyadan neft mahsulotlari narxiga cheklov joriy etildi.
G7 – AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya va Yaponiyani birlashtirgan xalqaro klub.
Avvalroq «Kursiv» Hindiston mamlakatning Rossiya nefti narxi bo‘yicha G‘arb cheklovlariga qo‘shilishi haqidagi ma’lumotni rad etganini yozgan edi.