Yangiliklar

Foxconn Hindistonda Apple mahsulotlari uchun yana bir zavod quradi

Kompaniya AirPods ishlab chiqaradi

Tayvanlik shartnomaviy elektronika ishlab chiqaruvchi Foxconn Hindistonda Apple uchun AirPods simsiz naushniklarini ishlab chiqaradigan yana bir zavod quradi, xabar berdi Reuters.

Zavod Hindistonning Telingana shtatida ochiladi. Qiymati 200 million dollardan ortiq bo‘lgan qurilish ishlari 2023-yilning ikkinchi yarmida boshlanadi, ishlab chiqarish esa 2024-yil oxirigacha boshlanishi rejalashtirilgan.

Dunyodagi eng yirik shartnomaviy ishlab chiqaruvchisi barcha iPhone’larning qariyb 70 foizini yig‘adi, biroq kompaniya birinchi marta AirPods’da ishlaydi. Endi ular uchun bir qator xitoylik yetkazib beruvchilar mas’ul, biroq Apple o’z ishlab chiqarishini Xitoydan tashqariga ko’chirishga intilayotgan ko’rinadi.

Eslatib o’tamiz, mart oyi boshida Foxconn iPhone uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun Hindistondagi yangi zavodga taxminan 700 million dollar sarmoya kiritishi haqida xabar berilgan edi.