Kompaniya o’z ilovalari va xizmatlariga Copilot vositasini qo’shdi
Microsoft Microsoft 365-ga sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan Copilotni qo’shdi. Mahsulotni yaratishda kompaniya ish uchun ilovalar, Microsoft Graph va OpenAI-dan GPT-4 ni birlashtirdi.
Copilot Word, Excel, PowerPoint, Outlook va Teamsga chatbot sifatida qo’shildi. Word Copilot so’rov bo’yicha hujjatlar loyihasini tuzadi, unda siz tahrirlaringizni qo’shishingiz mumkin.
Matnga asoslanib, vosita PowerPoint dasturida mustaqil ravishda taqdimotlar yaratish imkoniyatiga ega bo’ladi. Excel Copilot yordamida trend tahlilini kuzatish va tayyor ma’lumotlar vizualizatsiyasini olish mumkin bo’ladi. Shuningdek, chatbot Outlook pochtasida narsalarni tartibga solishi va Teams-dagi uchrashuvni o’tkazib yuborganlarga yangilanishga yordam berishi mumkin.
Har bir qo’ng’iroq natijalariga ko’ra, vosita yig’ilishning asosiy tezislari bilan xulosa chiqaradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Microsoft o‘zining iPhone va Android uchun yangi Bing va Edge ilovalari, jumladan, ovozli qidiruv va sun’iy intellekt chatbotiga kirish kabi yangi funksiyalarni o‘z ichiga olgan yangi ilovalarini oldindan e’lon qilgan edi.