Yangiliklar

Turkiy davlatlar investfond tuzishdi

TDT

Ustav kapitali 500 million dollar

Anqarada boʻlib oʻtgan sammitda Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo davlatlar rahbarlari invesfond tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi, xabar bermoqda «Anadolu» agentligi. Oʻzbekiston tomondan Prezident Shavkat Mirziyoyev kelishuvni imzoladi.

Turkiy davlatlar rahbarlari o‘tgan yilning noyabr oyida investfond yaratishga kelishib olgan edi. 2023 yil boshida ekspertlar loyihani ishlab chiqish uchun Istanbulda to‘planishdi. Ushbu moliya institutining asosiy vazifalari TDT iqtisodiyotini rivojlantirish va savdo hamkorligini mustahkamlashdan iborat bo’ladi.

Qozog‘iston tomoniga ko‘ra, jamg‘armaning bosh qarorgohi Istanbulda joylashadi. Ustav kapitali 500 million dollarni tashkil etadi, har birining nominal qiymati 50 000 dollardan bo‘lgan 10 000 ta aksiyaga bo‘linadi. Barcha ishtirokchilar, jumladan, O‘zbekiston uchun dastlabki badal 5 million dollarni tashkil etadi.Yana uchta hissa 18 million, 23 million va 24 million dollar miqdorida rejalashtirilgan.