«Doc-1 Max» ishlab chiqaruvchisi Hindistonda litsenziyasini yo’qotdi
Tekshiruvlar davomida «Doc-1 Max» namunalari soxta ekanligi ma’lum bo‘ldi
Hindistonning Uttar-Pradesh dori vositalarini nazorat qilish va litsenziyalash boshqarmasi Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasining ishlab chiqarish litsenziyasini bekor qildi. Uning «Doc-1 Max» yo‘tal siropi O‘zbekistonda qo‘llanishi oqibatida yigirmaga yaqin bola halok bo‘ldi.
«Hozirda Marion Biotech hech qanday ishlab chiqarishni amalga oshira olmaydi», dedi rahbariyat.
3 mart kuni Uttar-Pradesh politsiyasi farmatsevtika kompaniyasining uch xodimini hibsga oldi, yana ikki nafari qidiruvga berilgan edi. Ertasi kuni Giyohvand moddalarni nazorat qilish markaziy tashkiloti (CDSCO) Marion Biotech litsenziyasini bekor qilishni tavsiya qildi.
Bu «Doc-1 Max» yo‘tal siroplari 2022 yil dekabr oyida O‘zbekistonda 18 bolaning o‘limiga sabab bo‘lganligi sababli yuz berdi. Tekshiruvlar davomida sirop Hindistonda sotilmagani, mahsulot namunalari esa qalbaki bo‘lib, sifat standartiga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.
Yanvar oyida Toshkent tumanlararo sudi «Doc-1 Max» va «Ambronol»ni O‘zbekistonga olib kiruvchi kompaniya litsenziyasini bekor qilgan.