Fransiyada pensiya islohotiga qarshi namoyishlar tartibsizliklarga aylandi
Yaralangan politsiyachilar soni 350 nafarga yetdi
Fransiyada pensiya islohotiga qarshi namoyishchilarni hibsga olish davom etmoqda, natijada jabrlanganlar bilan tartibsizliklar kelib chiqdi, xabar beradi «Interfaks».
Oxirgi kunlarda 149 nafar fransuz politsiyasi va jandarmi otilgan toshlar va portlovchi suyuqliklardan aziyat chekdi. Umuman olganda, yanvar oyida ommaviy norozilik namoyishlari boshlanganidan beri 350 nafar huquq-tartibot xodimi tan jarohati olgan.
Namoyishchilar orasida qurbonlar soni haqida ma’lumot berilmagan.
Bir kun avval mamlakatda, asosan, poytaxt Parijda 200 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan edi.
Fransuzlar keyinchalik pensiyaga chiqishni nazarda tutuvchi islohotga qarshi norozilik bildirmoqda.
Eslatib o’tamiz, Fransiya Senati mart oyi o‘rtalarida pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshgacha ko‘tarish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan edi.