Yong’in xavfi tufayli
Janubiy Koreyaning Hyundai va Kia avtomobil ishlab chiqaruvchilari yong‘in xavfi tufayli AQShda sotilgan 571 mingdan ortiq yo‘ltanlamas va minivenlarni qaytarib oladi.
Kompaniya jgut o’tkazgichlarida qisqa tutashuv sodir bo’lishi mumkinligi sabab mashina egalaridan mashinalarni ko’chada inshootlardan uzoqroqda qo’yishni so’radi. Hyundai avtomobilida bitta yong‘in sodir bo‘lishga ulgurdi.
Qaytarib olish so’rovnomasi Hyundai Santa Fe, Hyundai Santa Fe Hybrid, Hyundai Santa Fe Plug-in Hybrid, Hyundai Santa Cruz va Kia Carnivalga tegishli.
Eslatib o’tamiz, 2021 yilda Hyundai xuddi shu sababga ko’ra butun dunyo bo’ylab taxminan 81 700 ta elektromobilni chaqirib olgan edi.