O‘zbekistonda zakot va fitr-sadaqa miqdori belgilandi
eʼlon qilindi
Bu muhtoj va kambag’allarga qilinadigan xayr-ehsondir
O‘zbekiston musulmonlari diniy boshqarmasi muqaddas Ramazon oyida muhtojlarga zakot va fitr-sadaqa – xayr-ehson miqdorini belgiladi.
Agar mo‘minning daromadi yiliga 37,5 million so‘m va undan ko‘p bo‘lsa, 1/40 qismini (2,5%) kambag‘allar foydasiga zakot sifatida berishi kerak.Sadaka-fitr miqdori bug‘doy 2 kg (12 000 so‘m), arpa 4 kg (20 000 so‘m), mayiz-kishmish 2 kg (100 000 so‘m) va 4 kg xurmo (180 000 so‘m) deb belgilangan.
Niyat qilgan kishi o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, yuqoridagi miqdorlardan istalgan birini berishi mumkin.