Yangiliklar

Jek Ma bir yildan ortiq vaqtdan keyin Xitoyga qaytdi

Ma’lumki, u Tokioga ko’chib o’tgandi

Alibaba asoschisi Jek Ma Xitoyning Xanchjou shahrida o‘zi asos solgan maktabga tashrif buyurdi, xabar berdi South China Morning Post. Bu tadbirkorning bir yildan ortiq vaqtdan keyin vataniga birinchi tashrifi.

Tadbirkor maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan uchrashib, ular bilan sun’iy intellekt rivojlangan davrda ta’limning kelajagi haqida suhbatlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Jek Ma 2021 yil oktabr oyida Xitoy hukumati va davlat banklarini tanqid qilganidan so‘ng, Pekin Alibabaga qarshi tekshiruv boshlagan va Ant Groupning IPOsini bekor qilgan edi. 2022 yilda xitoylik milliarder xayriya loyihalariga e’tibor qaratishga qaror qilgani ma’lum bo’ldi.

Financial Times nashriga ko‘ra, Jek Ma o‘tgan bahordan beri Yaponiyada yashab kelmoqda. Tokioga ko’chib o’tganidan keyin u ijtimoiy faoliyatni minimal darajada ushlab turdi. Shu bilan birga, Ma va uning oilasi Isroil va AQShga tashrif buyurdi.