Yangiliklar

Yaponiya Saxalindagi neft va gaz loyihalarida qoladi

Ular mamlakatning energiya xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Tokio Saxalindagi neft-gaz loyihalarida ishtirok etishda davom etishini ma’lum qildi, yozadi «TASS».

«Energetika sohasida Rossiyaga qaramlikdan chiqish jarayoniga kelsak, oʻtgan yilning ikkinchi yarmida biz Rossiyadan neft importini 90 foizga, koʻmirni 60 foizga kamaytirdik. Shu bilan birga, kelgusida suyultirilgan gazga talab ortishi kutilmoqda, Saxalindagi loyihalar esa Yaponiyaning energetik xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan muhim, shuning uchun biz ulardagi ulushimizni saqlab qolish niyatidamiz», — dedi Yaponiya hukumati rahbari.

Bungacha Moskva Saxalin-1 va Saxalin-2 neft-gaz loyihalarini Rossiya yurisdiktsiyasiga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilgan edi. Bir oy ichida xorijlik aksiyadorlarga yangi faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning eskilariga teng bo‘lgan aktsiyalariga egalik qilish taklif qilindi.

Yaponiya kompaniyalari Uzoq Sharqdagi gaz va neft ishlab chiqarishdagi ishtirokini saqlab qolishga qaror qilishdi. Saxalin-1da Yaponiyaning Sodeco kompaniyasi 30% ulushga ega, Saxalin-2da esa Mitsui va Mitsubishi mos ravishda 12,5% va 10% ulushga ega.

Ikkinchi loyiha Yaponiyaning gaz iste’molining qariyb 9 foizini tashkil qiladi, buning deyarli barchasi mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarishga sarflanadi.