Ular buning konstitutsiyaga ziddiligi iddao qilishmoqda
Turkiyadagi uchta muxolif partiya amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdog‘anning prezidentlik saylovlaridan nomzodini olib tashlashni talab qildi, xabar berdi Haberturk telekanali.
Ana shunday murojaat bilan Oliy saylov komissiyasiga «Yaxshi partiya», «Demokratiya va zafar» partiyasi, shuningdek, «Ota» partiyasi murojaat qildi. Bu siyosiy uyushmalar muxolifatning asosiy nomzodi Kemal Kilichdarog’luni qo’llab-quvvatlaydi.
Ularning fikricha, Erdog‘an mamlakat konstitutsiyasini buzmoqda, chunki u hozirda ikkinchi muddat davlat rahbaridir.
«Konstitutsiyamizning 101-moddasiga ko‘ra, prezident ikki muddatga saylanishi mumkin degan qoida bor. Vaholanki, prezidentimiz uchinchi marta nomzod bo‘ldi. Bu qonuniy jihatdan mumkin emas», – dedi Vatan partiyasi Bosh kotibi Ilker Chelik.
«Yaxshi partiya» yetakchisi Ug‘uz Poyraz ularning harakatlari siyosiy xususiyatga ega emas, balki qonuniy pozitsiyaga asoslanganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil aprelida Turkiya mamlakatning asosiy qonuniga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qullagan, natijada parlament respublikasi prezidentlikka o‘tgan edi.
Hukmron Adolat va Taraqqiyot partiyasining rasmiy vakili O’mer Chelik mamlakatning uch siyosiy uyushmasini tanqid qilib, Erdog’anning yangi muddatga saylanishiga hech qanday to’siq yo’qligini aytdi.