Xitoy “Bir kamar, bir yo‘l” dasturidagi mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 240 milliard dollar sarfladi

eʼlon qilindi

O’z bank sektorini qo’llab-quvvatlash uchun

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) 2008 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlanayotgan mamlakatlarga «Bir kamar, bir yo‘l» tashabbusi doirasida jami 240 milliard dollarlik bankrotlikdan xalos bo‘lish uchun kreditlar ajratdi, yozadi Reuters.

Kreditlarning qariyb 80 foizi 2016-2021 yillar davomida Xitoy tomonidan berilgan bo‘lib, asosan o‘rta daromadli mamlakatlar tomonidan olingan. Mablag‘lar «Bir kamar, bir yo‘l» loyihasi doirasida infratuzilmani qurishga sarflangan.

Xitoy Argentinaga eng ko‘p mablag‘ ajratgan (111,8 milliard dollar). Undan keyin Pokiston (48,5 dollar) va Misr (15,6 dollar) turadi. Yana to‘qqiz davlat 1 milliard dollardan kam mablag‘ olgan.

«Pekin oxir-oqibat o’z banklarini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Shuning uchun u xalqaro kreditlashning tavakkal biznesi bilan shug‘ullangan», — deya Jahon bankining sobiq bosh iqtisodchisi Karmen Reynxart so‘zlarini keltirgan.

Xitoyning qarzdor davlatlarga kreditlari 2010 yildagi portfelning 5 foizidan 2022 yilda 60 foizgacha ko’tarildi.

Xitoyning «Bir kamar, bir yo‘l» tashabbusi integratsiyani, savdo-sotiqni chuqurlashtirish va iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish uchun quruqlik va dengiz yoʻllari orqali Osiyo, Afrika va Yevropani bogʻlashga qaratilgan. 2022 yil mart oyi oʻrtalariga kelib Xitoy dastur doirasida 148 ta davlat va 31 ta xalqaro tashkilot bilan shartnomalar imzoladi.

Shuningdek