Yangiliklar

Zoom SI yordamchiga ega bo’ladi

U suhbat mazmunini qayta aytib bera oladi va uning natijalarini shakllantiradi

Zoom videokonferensaloqalarini tashkil qilish xizmati sun’iy intellekt (SI) texnologiyalariga asoslangan virtual yordamchiga ega bo’ladi. Uchrashuvga kechikayotganlarga uning mazmuni haqida gapirib beradi. Bu haqda kompaniya o‘z blogida ma’lum qildi.

Virtual yordamchi Zoom IQ deb ataladi. Suhbat mazmunini qayta aytib berishdan tashqari, u chatda o’tkazib yuborilgan xabarlardagi ma’lumotlarni umumlashtirishi va ularga javob variantlarini taklif qilishi mumkin. Yordamchi, shuningdek, video konferentsiyalarni yakunlaydi va foydalanuvchilarga kontent yaratishda yordam beradi.

Zoom IQni ishlab chiqishda OpenAI va boshqa kompaniyalar mahsulotlari, shuningdek, Zoom Video Communicationsning o’z ishlanmalari ishtirok etdi.

SI yordamchisi 2023 yil aprel oyida ko‘plab foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi. Undan tegishli taklifnomalarni olganlar foydalanishi mumkin.

Zoom shuningdek, pochta xizmati va taqvimini ham taqdim etdi.

Zoom — Amerikaning Zoom Video Communications kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan videokonferensaloqa dasturi. Xizmat mashhurligining o’sishi COVID-19 pandemiyasining birinchi davriga to’g’ri keldi.

OpenAI — amerikalik mashinalarni oʻrganish texnologiyalari ishlab chiqaruvchisi. Ta’sischilardan biri – tadbirkor Ilon Mask.