Yangiliklar

BYD 2022 yil daromad o’sishi haqida hisobot beradi

BYD

Shuningdek, daromad ko’rsatkichlari ham oshdi

Xitoyning elektromobil ishlab chiqaruvchisi – BYD kompaniyasi 2022 yilda deyarli 2,4 milliard dollar sof daromad keltirdi, bu 2021 yilga nisbatan 445,86 foizga ko‘p, xabar beradi Sinxua axborot agentligi. Daromad 96,2 foizga oshib, taxminan 61 milliard dollarni tashkil etdi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, o’tgan yili BYD avtomobillari va ularning butlovchi qismlarini sotishda kuchli o’sish kuzatildi.

Xitoy avtomobil korxonasi, shuningdek, 2022 yilda 27% ulush bilan yangi energiya avtomobillari (NEV) savdosi bo’yicha jahon yetakchisiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida UzAuto va BYD qo‘shma zavodi BYD Uzbekistan Factory ro‘yxatga olingan edi. Elektromobillardan tashqari kompaniya mashhur gibrid elektrokarlari – Plug-in (PHEV) ishlab chiqaradi.