Italiyada Usmonovning ehtimoliy aktivlari uchun sudlashishmoqda
O‘n nafar rossiyalik oligarx Italiyadagi muzlatilgan aktivlarini qaytarishni talab qilib, Latsio ma’muriy hududi sudga murojaat qildi. Da’vogarlar orasida o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov ham bo‘lishi mumkin, yozadi Italiyaning Corriere Della Sera nashri.
Da’vogarlarning advokatlari mulk aniq shaxslarga emas, balki ishonchli tashkilotlarga tegishli ekanligini ta’kidlamoqda. Bunday chizma bo’yicha benefitsiarlarni kuzatish qiyinroq.
Misol uchun, Usmonov bir nechta villalarga ega bo’lgan Pauillac fondi bilan aloqada bo’lgan. Uning manfaatlari himoyachilari milliarder tashkilotni nazorat qilmasligini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, Pauillac yuzlab mahalliy aholini ish bilan ta’minlash orqali Italiya iqtisodiyotiga hissa qo’shdi.
Umuman olganda, nashr maʼlumotlariga koʻra, Italiyada rossiyalik 28 oligarxning umumiy qiymati qariyb 2,7 milliard yevroga teng mol-mulki hibsga olingan. Gap villalar, yaxtalar, samolyotlar va kompaniyalar haqida bormoqda.
Aktivlarni muzlatishga ushbu shaxslarning Rossiya-Ukraina mojarosi tufayli Yevropa Ittifoqi (YEI) sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgani sabab bo‘lgan.