«Tashabbusli byudjet» loyihasi 1- choragiga qancha mablag’ ajratildi
Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2022 yildagi faoliyati tahlili va 2023 yil prognozi
Joriy yilda jahonda kuzatilayotgan global inflyatsiya sharoitida mamlakatimizda inflyatsiya ko‘rsatkichi yillik 12,3 foizni tashkil etdi.
2022 yil yakunlariga ko‘ra yalpi ichki mahsulot (YAIM) – 5,7 foiz, sanoat mahsulotlari – 5,2 foiz, qurilish ishlari – 6,6 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – 3,6 foizga, bozor xizmatlari – 15,9 foiz, eksport– 23,6 foiz, chakana savdo aylanmasi – 12,3 foiz o‘sish surʼatlari taʼminlandi.
Yalpi ichki mahsulot o‘sishining 55,1 foizi – xizmatlar, 23,3 foizi – sanoat, 15,5 foizi – qishloq xo‘jaligi va 7,2 foizi – qurilish sohalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Aholi jon boshiga YAIM hajmi 2 ming 255 AQSH dollarni tashkil etdi.
2023-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti – 5,3 foiz, sanoat mahsulotlari – 5,1 foiz, qurilish ishlari – 6 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – 3,5 foizga, xizmatlar – 14,5 foizga o‘sishi kutilmoqda.
2022 yilda Davlat byudjeti daromadlari 202 trln. so‘mni (YAIMga nisbatan 22,7 foiz) tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 37,2 trln. so‘mga yoki 22,6 foizga oshdi.
Jumladan, Soliq qo‘mitasi maʼmurchiligidagi tushumlar 148 trln. so‘mni (Davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi 73%), Bojxona qo‘mitasi bo‘yicha tushumlar 46,0 trln. so‘mni (22,8%) hamda boshqa daromadlar va soliq bo‘lmagan tushumlar 7,6 trln. so‘mni (3,8%) tashkil qildi.
Daromadlarning asosiy qismini bilvosita soliqlar 72 trln. so‘mni yoki Davlat byudjeti umumiy daromadlarining 35 foizini tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 15,1 trln. so‘mga yoki 27 foizga oshdi.
2023 yilning 1-choragida Davlat byudjeti daromadlari ijrosi 48,5 trln. so‘mni tashkil etishi, 2022-yilning mos davriga nisbatan nisbatan 6,7 trln. so‘mga yoki 16 foizga oshishi kutilmoqda.
2022 yilda ipoteka dasturi bo‘yicha jami 855 mlrd. so‘m subsidiyalar to‘lab berildi.
O‘tgan yilda fuqarolarga ipoteka kreditlari ajratish uchun tijorat banklariga 7,0 trln. so‘m resurs mablag‘lari ajratildi.
Shu yil 1-choragi davomida tijorat banklariga ipoteka kreditlari ajratish uchun 1,6 trln. so‘m resurslar ajratildi.
2023 yilda tijorat banklariga ipoteka kreditlari ajratish uchun 9 trln. so‘m resurslar ajratilishi hamda 1,1 trln. so‘m ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lab berilishi rejalashtirilgan. Bu aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkoniyati yana-da oshirishga xizmat qiladi.
Davlat byudjetining 2023 yil 1-chorak xarajatlari 62,2 trln. So‘mni tashkil etmoqda. Shundan 29,3 trln. so‘mi ijtimoiy xarajatlarga yo‘naltiriladi. Shu jumladan, «Tashabbusli byudjet» loyihasining1-mavsumi uchun 1,5 trln so‘m byudjet mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab loyihaning 3-bosqichiga «ovoz berish» jarayoni davom etmoqda.
2023 yilda bevosita fuqarolar tomonidan ilgari surilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 8 trln. so‘m (2022 yilga nisbatan 3,5 barovarga ko‘p) mablag‘lar yo‘naltirilishi prognoz qilinmoqda.