Qozog‘iston benzin va dizel narxini oshiradi

eʼlon qilindi

Tashabbus 12 apreldan kuchga kiradi

Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov mamlakatda yoqilg‘i bozorini barqarorlashtirish maqsadida benzin va dizel yoqilg‘isining chakana narxlari oshirilishini ma’lum qildi, xabar berdi Zakon.kz portali.

AI-92 va AI-93 benzinlari uchun litri uchun 0,40-0,41 dollardan (mintaqaga qarab) 0,45 dollargacha. Bir litr dizel uchun qozog‘istonlik 0,65 dollar to‘laydi, yoqilg‘ining o‘rtacha narxi esa 0,51-0,57 dollarni tashkil qilgan.

Qozog‘istonliklar uchun yangi narxlar 12 apreldan kuchga kirishi kutilmoqda.

Unga ko‘ra, narxlardagi farq kamaytirilmasa, Qozog‘iston yoqilg‘i taqchilligiga duch keladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bungacha benzin va dizel taqchilligi mamlakatda ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga qoplangan. Hozir esa neftni qayta ishlash zavodlari o’z chegarasida ishlamoqda.

«Qozog’iston o’zining arzon yoqilg’iga ega bo’lib, o’zining milliy manfaatlariga zarar etkazgan holda boshqa mamlakatlar iqtisodini subsidiya qilmoqda», – dedi Energetika vazirligi rahbari.

Taqqoslash uchun u O‘zbekistonda – 1,06 dollar, Qirg‘izistonda esa – 0,86 dollar dizel narxini keltirdi.

Akchulakovning qo‘shimcha qilishicha, bunday choralar yoqilg‘ining xorijga «kulrang» eksportiga qarshi eng «asosiy dastaklardan» biridir. Xususan, qozoq dizelini qayta sotish marjasi 50% dan 120% gacha va undan yuqori.

Shuningdek