Mask yana Forbes ro’yxatida yetakchilikdan pastladi  

eʼlon qilindi

Dunyodagi eng badavlat kishi Louis Vuitton va Dior egasidir

Louis Vuitton va Dior sohibi Bernard Arno 211 milliard dollar boyligi bilan Forbes ro’yxatida 180 milliard dollarga ega bo’lgan Ilon Maskni yana birinchi o’rindan siljitdi. Amazon asoschisi Jeff Bezos uchinchi o’rinni egalladi – uning boyligi 114 milliard dollarga baholanmoqda.

Uorren Baffet 106 milliard dollar bilan beshinchi, Bill Geyts esa 104 milliard dollar bilan 6-o’rinda.

Reytingga ko‘ra, dunyo milliarderlarining umumiy boyligi 12,2 trillion dollarni tashkil etadi, bu 2022 yil mart oyiga nisbatan 500 milliard dollarga kamdir. Ro’yxatning deyarli yarmi bir yil oldingi vaqtga nisbatan qashshoqlashgan.

Qo’shma Shtatlar hali ham eng ko’p milliarderlar soni bilan faxrlanadi – ro’yxatning 735 a’zosi 4,5 trillion dollar boylikka ega. Xitoy (shu jumladan Gonkong va Makao) 2 trillion dollar bilan 562 milliarder bilan ikkinchi, Hindiston esa 675 milliard dollarga ega bo‘lgan 169 milliarder bilan uchinchi o‘rinda.

Eslatib o’tamiz, Alisher Usmonov reytingda 122-o’rinni egallagan edi. Tadbirkorning boyligi 14,4 milliard dollarga baholanmoqda. 69 yoshli Usmonovning asosiy boyligi metallurgiya va telekommunikatsiya sohalaridir.

Shuningdek