Prezident BAA vazirini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Baa

O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaganlik va O‘zbekiston-Amirlik munosabatlarini rivojlantirganlik uchun

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari vaziri Muhammad bin Abdulla al-Gergaviyga «O‘zbekiston-Amirliklar ko‘p qirrali munosabatlarini chuqurlashtirishga qo‘shgan ulkan hissasi va Yangi O‘zbekistonda islohotlar dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani» uchun «Do‘stlik» ordenini topshirdi.

Uchrashuvda tomonlar IT, AI, raqamlashtirish, shahar infratuzilmasi va savdo sohalaridagi loyihalarni muhokama qildi. Davlatlar kadrlar, dasturchilar tayyorlash va elektron hukumatni joriy etishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

«Do‘stlik» davlat ordeni bilan barcha millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik va o‘zaro totuvlikni mustahkamlash borasidagi faoliyati, O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun beriladi.

Shuningdek